Kasallik yuqmasin! Angliya terma jamoasi yulduzi karantinga olindi
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays ketma-ket ikkinchi kun mashgʻulotlarda koʻrinmadi. BBC nashri yozishicha, futbolchida ichak infektsiyasi aniqlandi va terma jamoa shtabining oʻziyoq kasallik tarqalishining oldini olish boʻyicha choralar koʻrgan.
Maʼlumot uchun, bugungacha Rays sogʻligi bilan bogʻliq qator muammolarga duch kelgan. Unda oldinroq tiz zadi orqasida joylashgan pay va bel sohasiga taʼsir qiluvchi nevrologik muammolar qayd etilgan edi. Yangidan paydo boʻlgan infektsiya esa futbolchining umumiy holatini yanada ogʻirlashtirgan.
Angliya terma jamoasi hozircha Raysning keyingi oʻyinda maydonga tushish-tushmasligi haqida aniq maʼlumot bermagan. Jamoa hozir Jahon chempionati chorak finaliga hozirlik koʻrmoqda. Bu bosqichda angliyaliklar Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi.
Gʻolib jamoa yarim finalda Argentina – Shveytsariya juftligi gʻolibi bilan kuch sinashadi.

Fikrlar