Kataloniya klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

  • 27.12.2019 18:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Espanol" klubi o‘zining rasmiy saytida Abelardo Fernandes jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e’lon qildi.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra kataloniyaliklar 49 yoshli mutaxassis bilan joriy mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, Abelardo bundan avval "Alaves" va Xixonning "Sporting" klublarini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, “Espanol” o‘tgan 18 ta tur yakunlariga ko‘ra La Liga musobaqa jadvalida so‘nggi 20-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!