
Katanets: "Masharipov, Shomurodov kabi futbolchilarga ko‘rsatma berish shart emas"
O‘FA anjumanlar zalida MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanets ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda jamoamiz bosh murabbiyi quyidagi savolga javob berdi.
- Kelganingizga 1 yildan oshdi. O‘tgan vaqt davomida bizning futbolda bo‘lmagan nimanidir olib kira oldim deb o‘ylaysizmi?
Bunga aynan sizlar baho berishingiz kerak. Biz o‘z ishimizni qilyapmiz va yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqdamiz. Yozda Tailand terma jamoasiga qarshi o‘zimiz rejalashtirgandek futbol namoyish etdik. Agar kuzatgan bo‘lsangiz, ular juda yaxshi jamoa. Saralashdagi bellashuvlar buni tasdiqlaydi.
Mana shunday kuchli raqibga qarshi 3 yoki 4 ta gol urishimiz mumkin edi. Ammo imkoniyatlardan to‘liq foydalana olmadik. Menimcha, O‘zbekiston Tailandga qarshi avval ham maydonga tushgan. Shu uchrashuvlarni solishtirib, xulosa qilishingiz mumkin.
Doim yangi futbolchilarni jalb etish qiyin. Bu shakllangan jamoa men nima talab qilayotganimni yaxshi tushunadi. Masharipov, Shomurodov kabi etakchilar ancha paytdan beri birga o‘ynaydi va ularga ko‘rsatma berish ham shart emas. Ular yaxshi holatda bo‘lsa, har qanday jamoaga muammo tug‘dirishi mumkin".
Srechko Katanets nima uchun Oston O‘runov va Shahboz Umarovni MTJ yig‘iniga chaqirganini izohladi
Srechko Katanets: "Kamerunga muammo tug‘dirmoqchi bo‘lsak, Iskanderov bizga yordam bera olmaydi"
"Terma jamoada raqobat bo‘lishi kerak emas" - Srechko Katanets
"Noyabrda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini tashkil etiladimi?" - Srechko Katanetsdan munosabat
"Ba’zi futbolchilar dimog‘dor bo‘lib qolgan" - Srechko Katanets ayrim iste’dodlarni tanqid qildi
Katanets: "Husain Norchaev ko‘proq yugurib, pressing qilishi kerak"
Fikrlar