
Katanetsni tanqid qilayotganlar buni ko‘rib qo‘ysin!
Shri-Lankaga qarshi bellashuv O‘zbekiston Milliy terma jamoasi uchun yubiley o‘yinga aylandi. Vakillarimiz o‘z maydonida 100-uchrashuvni o‘tkazdi.
Termamiz 100 ta bahsning 62 tasida g‘alaba qozongan. Shuningdek, 21 bellashuvda durang o‘ynagan bo‘lsa, 17 ta bora mag‘lubiyat alamini totgan.
Ushbu o‘yin Katanets uchun sakkizinchisi hisoblanadi. Srechko shularning 5 tasini muvaffaqiyatli natija bilan yakunlagan. 8 uchrashuvda jami 19 ta gol urilgan. Bu Kuper qo‘l ostida 17 ta uchrashuvda urilgan gollar soniga teng. O‘rtacha ko‘rsatkich bo‘yicha Katanets shogirdlari (har bir bellashuvda 2.38 ta gol) faqat Mahmud Rahimov (4.00) va Rustam Akramov (2.91) jamoalaridan ortda.
Bundan tashqari, sloveniyalik murabbiy boshchiligida vakillarimiz 4 ta o‘yindan beri ketma-ket tarzda g‘alaba qozonib kelmoqda. Mazkur holat 2016 yildan buyon ilk marotaba sodir bo‘ldi. O‘shanda termamizni Samvel Babayan boshqarayotgandi.
Fikrlar