
"Katta Dubulg‘a" musobaqasi. Nikita Rafalovich - bronza medali sohibi!
Xitoyning Usi shahrida taekvondo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turniri davom etmoqda.
-80kg vaznli taekvondochimiz Nikita Rafalovich bronza medali uchun bahsda ozarbayjonlik Milad Beigi Xarcheganiga qarshi jang qildi. Keskin kurashlarga boy bo‘lgan bahsda Nikita g‘alaba qozondi va bronza medaliga ega chiqdi.
Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar