
"Katta g‘alabalar uchun mayda teshiklar ham yopilishi kerak"
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan "Al-Duhail" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda "sherlar" 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev telegram kanalida bahs haqida quyidagicha fikr qoldirdi.
"2021 yil Chempionlar ligasining 3-turida "Paxtakor" "Sharja" bilan teng o‘ynab, birgina braziliyalik Kayoni to‘xtata olmagan va 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.
2022 yil Chempionlar ligasining 3-turida "Paxtakor" "Duhail" bilan teng o‘ynab, birgina braziliyalik Edmilsonni to‘xtata olmadi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mana shu vaqt davomida "Paxtakor" kamida 1 dona normal mahalliy himoyachi topa olganida (yoki tarbiyalaganida) qishki yig‘inlar davomida ikki asosiy himoyachi bu qadar tezlikda tanlab olinmasdi IMHO
Menimcha, bugun butun jamoa yaxshi o‘ynadi. Jamoa Cheransiz yaxshiroq ham ko‘rindi (bu muhim omil). Ammo katta g‘alabalar uchun mayda teshiklar ham yopilishi kerak. Chunki arablar olib keladigan braziliyaliklar biznikilardan-da yaxshiroq o‘ynaydi. Ularning bir donasi ham o‘yin taqdirini hal qilish uchun etarlidir", - deya yozib qoldirdi Imomxo‘jaev.
Fikrlar