Katta transfer hal bo‘ldi

  • 15.06.2022 19:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Bavariya” senegallik hujumchi Sadi Maneni qo‘lga kiritishga juda yaqin turibdi.

Bild nashrining xabar berishicha, myunxenliklar hujumchi transferi bo‘yicha “Liverpul”ga uchinchi taklifini tayyorlab qo‘ydi va bu gal Bundesliga chempioni 30 yoshli futbolchi uchun Angliya klubiga bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 39 million funt to‘lashga qaror qildi.

Aslida bu bir yillik shartnomasi qolgan o‘yinchi uchun juda yaxshi summa hisoblanadi.

Sadio Manening o‘zi “Bavariya” mutasaddilari bilan uch yillik shartnoma bo‘yicha kelishib oldi. “Liverpul” xo‘jayinlarining senegallik futbolchining Myunxenga ketish istagidan xabari bor.

Yurgen Klopp jamoasi yaqinda “Benfika” to‘purari Darvin Nunesni xarid qildi va bu bois, Maneni ortiq ushlab qolmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!