Kavani "Atletiko" bilan 3 yillik bitimga kelishib oldi
PSJ hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini "Atletiko"da davom ettirishga yaqin turipti.
32 yoshli futbolchi madridliklar bilan 3 yillik shartnomaga kelishib oldi. Faqat muamo shundaki, Kavanining transferi hal etish uchun Madrid klubi bir qator futbolchilarini sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Bundan tashqari, PSJ va "Atletiko" o‘zaro muzokaralar o‘tkazishga ulgurmadi va Kavanining parijliklar bilan 2020 yilning iyuniga qadar amal qiluvchi bitimi bor.
Ma’lumot uchun, urugvaylik forvard PSJda 2013 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda.
Fikrlar