Kavani ham mashg‘ulotlarga kirishdi
PSJ klubi forvardi Edinson Kavani jarohatidan sog‘ayib, mashg‘ulotlarga kirishdi. Bu haqda klub rasmiy sayta xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, 32 yoshli urugvaylik futbolchi 9 fevral kuni “Bordo”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan va shundan buyon maydonga tushmay kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, Kavani joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 16ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 17ta gol urishga erishdi.
Ta’kidlash lozimki, bundan avvalroq Neymar ham shug‘ullanishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Fikrlar