Kavani La Liga tarixiga kirdi

  • 18 sentabr, 2022, 14:41
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Valensiya" hujumchisi Edinson Kavani Ispaniya chempionatining 6-turidan o‘rin olgan "Selta"ga (3:0) qarshi o‘yinda maydonga tushdi.

Tecno

"Opta" nashri xabariga ko‘ra, Kavani 21-asrda ligada debyutini o‘tkazgach, La Liganing eng keksa futbolchisiga aylandi. Kavani maydonga 35 yosh-u 215 kunligida Ispaniya chempionatida o‘yin o‘tkazgan. Oldingi rekord esa Chema Anibarroga tegishli bo‘lib, u 35 yosh-u 174 kunligida La Ligada debyut qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Kavani bungacha APLda "Manchester Yunayted", Liga 1da PSJ, A Seriyada esa "Napoli" va "Palermo" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!