
Kaxi Maxaradze, Asilbek Amonov, Azamat Soyibov hamda Umidjon Ergashev jarimaga tortildi - O‘FA
Kecha elon qilingan O‘FA tartib-intizom qo‘mitasining tegishli qarori bilan "Nasaf" hamda "Lokomotiv" jamoalaridan bir necha futbolchilarga jarima belgilandi.
"O‘zbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Lokomotiv” bahsining 42-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Kahi Maxaradze uchrashuv to‘xtatilgan vaqtda raqiblarining oldiga yugurib kelib, ommaviy tartibsizlik yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Shuningdek, “Nasaf” klubi vakillari Azamat Soyibov va Umidjon Ergashev hamda “Lokomotiv” futbolchisi Asilbek Amanovlar texnik zonani tark etib, provokatsion harakatlar qilishgan.
Kahi Maxaradze, Asilbek Amanov (“Lokomotiv”) hamda Azamat Soyibov va Umidjon Ergashevga (“Nasaf”) nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi",-deyiladi tartib-intizom qo‘mitasi qarorida.
Fikrlar