
Kazemiro — 30 yoshdan keyin transfer qilingan eng qimmat ikkinchi futbolchi (top-5)
Yarim himoyachi Kazemironing "Real"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tishi braziliyalikni 30 va undan katta yoshdagi futbolchilar orasida ikkinchi eng qimmat transferga aylantiradi.
Britaniyaliklar 30 yoshli Kazemiro uchun 60 million funt to‘laydi va yana 10 millioni bonus sifatida taqdim etishi kutilmoqda. “Sky Sports” nashri xabariga ko‘ra, bu yoshda faqat bitta futbolchi qimmatroqqa transfer qilingan - Krishtianu Ronaldu. Portugaliyalik futbolchi 2018 yilda “Real”dan “Yuventus”ga jami 105 million funt sterling evaziga o‘tgan edi.
Uchinchi o‘rinlarni yarim himoyachi Miralem Pyanich (“Yuventus”dan “Barselona”ga 59,4 million funt), to‘rtinchi o‘rinni hujumchi Robert Levandovski (“Bavariya”dan “Barselona”ga, 42,5 million funt) va beshinchi o‘rinni himoyachi Leonardo Bonuchchi (“Yuventus”dan “Milan”ga, 35,1 million funt) band etgan.
Fikrlar