
Kazemiro: Neymar - Braziliyaning ayni paytdagi eng zo‘r futbolchisi, ammo...
Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kazemiro Amerika kubogi finali oldidan pentakampeonlar Neymarning yo‘qligiga qaramay albatta g‘alaba qozonishlari shart ekanligini aytdi.
“Neymar Braziliyaning ayni kundagi eng zo‘r futbolchisi hisoblanadi. Qachonki u tayyor bo‘lsa, uni deyarli to‘xtatib bo‘lmaydi. Lekin hozirgi tarkibimizda ham mahoratli futbolchilar yig‘ilgan. Agar hozir Neymar safimizda bo‘lganida, ajoyib bo‘lar edi. Biroq, u jarohat oldimi, demak vazifani usiz ham bajarishimiz shart”, - deydi “Real” a’zosiyu
Eslatib o‘tamiz, Braziliya finalda Peruga qarshi bahs olib boradi uchrashuv 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar