Kazemiro Ronaldu MYuda qolishiga umid qilmoqda

  • 26.08.2022 17:04
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" safiga yaqinda qo‘shilgan yarim himoyachisi Kazemiro Krishtianu Ronaldu jamoani tark etmasligiga umid qilishini aytdi.

“Gap barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilaridan biri haqida ketmoqda. Uni juda hurmat qilaman va buni Krishning o‘zi ham biladi. Umid qilamanki, Ronaldu biz bilan qoladi, chunki u ajoyib futbolchi. U ko‘p gol uradi, g‘alaba qozonish mentalitetiga ega va haqiqiy jamoa etakchisi. Uning tarkibda bo‘lishi biz uchun juda muhim.

Biz ko‘p muloqot qildik. Chunki menda til bilan muammo bor edi. Bu erga kelganimning birinchi kunidanoq Krishtianu menga juda ko‘p yordam berdi. Umid qilamanki, Krishtianu qoladi”, - dedi Kazemiro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!