Kazemiro xayrlashuv matbuot anjumanida yig‘lab yubordi

  • 22 avgust, 2022, 15:26
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tayotgan braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro Madrid klubidagi xayrlashuv matbuot anjumanida yig‘lab yubordi.

Tecno

“Xotinim bilan bu erga kelganimizda, men hech kimni tanimasdim. Biz yangi mamlakatga, yangi klubga ko‘chib o‘tdik va shu erda o‘z hayotimizni qurdik. Madrid mening ikkinchi uyim.

Aniq aytmoqchimanki, bir kun kelib bu erda menga qilingan barcha yaxshiliklarni qaytarish uchun qaytib kelaman va klubga yordam berishda davom etmoqchiman. Bu erda o‘rganganlarim esa “Manchester Yunayted”dek buyuk klubga o‘tishimga kuch beradi.

Prezidentimiz Florentino Peresga rahmat aytmoqchiman. Bu klubning kelajagi porloq va bundan keyin ham g‘alaba qozonadi. Hala Madrid!” - dedi Kazemiro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!