Kazemironing qaysi hislati MYuga foyda keltiradi? Ten Xag javob berdi

  • 23 avgust, 2022, 02:49
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 2-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Liverpul" o‘yinida maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Sancho hamda Reshford gol urgan bo‘lsa, "qizillar"dan bunga Saloh bir marta javob qaytardi. 

O‘yindan so‘ng "qizil iblislar" ustozi Erik ten Xag jurnalistlarning Kazemiro haqidagi savoliga javob berdi: 

"Kazemironing etakchilik qobiliyati bizga foyda keltiradi, deb o‘ylayman. Bugun ham maydonda etakchilar bor edi. Kazemiroda ham buning namunasini ko‘rishimiz mumkin.

Tecno

Shuningdek, u g‘alaba qozonishni yaxshi biladi. Ko‘plab sovrinlar qo‘lga kiritish ko‘p narsani anglatadi. Tarkibimizda Kazemiro, Varan va Ronaldu kabi ko‘p karra chempionlarning borligi hamma uchun naf keltirishi mumkin. Ularning tajribasi albatta asqotadi", - dedi mankunialiklar ustozi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!