Kecha "Paxtakor"da mashg‘ulot o‘tkazib, keyin AGMK bilan shartnoma tuzgan Akram Komilov bugun yana "sherlar" bilan shug‘ullandi (Foto)

  • 10 fevral, 2021, 20:10
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha AGMK klubi matbuot xizmati "Paxtakor" himoyachisi Akram Komilov bilan shartnoma imzolagani borasida xabar bergandi. Qiziq tomoni, Komilov shu kunning birinchi qismida olmaliqliklar bilan bitim tuzgunga qadar, "sherlar" safida mashg‘ulot o‘tkazgandi.

Tecno

photo_2021-02-09_17-15-57

(9 fevral "Paxtakor" matbuot xizmati shu kungi mashg‘ulotdan taqdim etgan rasm)

So‘ng, u kechki payt Mirjalol Qosimov jamoasiga o‘tgani e’lon qilindi. Futbolchi ijara asosida 2021 yilning oxiriga qadar olmaliqliklar sharafini himoya qilishi belgilangandi.

photo_2021-02-09_17-02-46

(9 fevral AGMK matbuot xizmati shu kuni shartnoma imzolagani borasidagi xabardan rasm)

Bugun esa, Akram Komilov yana "Paxtakor"da shug‘ullandi. Futbolchi balki jamoasi bilan xayrlashgani borgandir, dersiz, biroq u "sherlar" bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdi! Qo‘lida oyoq kiyimi ham bor edi.

photo_2021-02-10_16-31-42

(10 fevral "Paxtakor" matbuot xizmati shu kungi mashg‘ulotdan taqdim etgan rasm)

Bu bizga o‘tgan yili Murod Xolmuhammedov bilan yuz bergan holatni yodga soldi. Esingizda bo‘lsa, "Bunyodkor" OChL guruh bosqichiga chiqish uchun Xolmuhammedovni o‘z safiga qo‘shib olgandi. So‘ng, "qaldirg‘ochlar" pley-offdan o‘ta olmagach, himoyachi ikki oyda "Qo‘qon-1912" klubiga qaytib ketgandi.

Rasman! "Bunyodkor" Murod Xolmuhamedov va 2 nafar legioner bilan yil oxirigacha shartnoma tuzdi

4331579697270_1

Ma’lumot o‘rnida, bugun PFL rasmiy saytida AGMK klubi yangi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan futbolchilar safida Akram Komilov yo‘q edi. Bugun bo‘lib o‘tgan "Turon" va AGMK o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida ham Komilov qatnashmadi.

Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzatishda davom eting.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
нодирбек.фк насаф
10/02/2021 20:16
Пойтахт камандала мумкун хохлаган иш килиш бошка камандалага мумкунмас бу факт