
Kechagi kunning muhim xabarlari
Kecha saytimizda o‘zbek va xorij sportiga oid ko‘plab xabarlar chop etildi. Ular orasida saytimiz kuzatuvchilari quyidagilarni ko‘proq mutola qilishdi.
Siz kechagi kuning muhim xabarlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, unda bu siz uchun ayni muddao.
• "Navbahor" klubi yarim himoyachisi Oston O‘runov instagramdagi sahifasi orqali jamoadan ketganini aytdi. SPORTS.uz sayti voqeaga aniqlik kiritish maqsadida futbolchi bilan bog‘lanib ko‘rdi. Ammo buning iloji bo‘lmadi. Biroq "Navbahor" klubi matbuot kotibi Ostonning jamoa bilan 1 yillik shartnomasi borligini ma’lum qildi.
• Zinedin Ziden boshchiligidagi “Real” klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuz berdi. Jamoaning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Antonio Pintus “Inter”ga ishga o‘tgan. Uning o‘rnini esa JCh-2018da Frantsiya terma jamoasida jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha faoliyat olib borgan Gregori Dyupon egalladi.
• Joriy yilning 25 avgust kuni professional bokschimiz Olim Nazarov WBO international Flyweight Title chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi. “Kichik Tayson” nomi bilan mashhur hamyurtimizga filippinlik Ivan Soriano raqiblik qiladi.
• Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kazemiro Amerika kubogi finali oldidan mezbonlar Neymarning yo‘qligiga qaramay, albatta, g‘alaba qozonishlari va tssiz ham vazifani bajarishlari shart ekanligini aytdi.
• Hamyurtimiz Anvar Boynazarov AQShda chempionlik kamari uchun tailandlik Petchpanomrung Kiatmookaoga ya’ni "Petch"ga qarshi ringga ko‘tarildi. Afsuski, ushbu qarama-qarshilikda yurtdoshimizga biroz omad etishmadi. Besh raunddan iborat bo‘lgan jangda raqib g‘alaba qozondi.
• "Atletiko" va "Barselona" klublari Antuan Grizmanning transferi bo‘yicha ishni tezroq yakunlashni maqsad qilishgan. Kataloniyaliklar 28 yoshli jahon chempionining transferini 10 iyul kuni rasman e’lon qilishadi. Uning “Kamp Nou”dagi taqdimot marosimi esa oradan 2 kun o‘tib o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
• Kecha O‘zbekiston liga kubogi guruh bosqich oxirgi turidan o‘rin olgan 3 ta bellashuv o‘tkazildi. “Qizilqum” garchi “Metallurg”ni engib, ilk g‘alabasini qo‘lga kiritsa-da, bekobodliklar pley-offga yo‘l olishdi. “Surxon” bu gal ham g‘alaba qozona olmadi. “Dinamo” safarda “Sho‘rtan”ga imkoniyatni boy bersa-da, yurishni davom ettiradigan bo‘ldi.
• Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov sohadagi muammolar haqida gapirdi. Murabbiy terma jamoa yosharayotgani, chempionatning bugungi holati, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, futzalimizdagi asosiy muammolar, bizga yana xorijlik murabbiy kerak yoki yo‘qligi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
Fikrlar