
Kechagi kunning muhim xabarlari
Kecha saytimizda o‘zbek va xorij sportiga oid ko‘plab xabarlar chop etildi. Ular orasida saytimiz kuzatuvchilari quyidagilarni ko‘proq mutola qilishdi.
Siz kechagi kuning muhim xabarlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, unda bu siz uchun ayni muddao.
• Ayni kunlarda Rossiyaning Ekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
5 nafar bokschimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular Shahobidin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Bobo-Usmon Baturov, Dilshodbek Ruzmetov va Bahodir Jalolov.
• "Liverpul" klubi himoyachisi Virjil van Deyk La Liga grandlarining e’tibor markazida.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Barselona" va "Real" 28 yoshli gollandiyalik futbolchini kelasi yoz sotib olishga harakat qiladi. Hozircha, van Deykning transferi ularga qanchaga tushishi noma’lum, ammo “qirollik klubi” ham, kataloniyaliklar ham mahoratli himoyachi uchun pulni ayamoqchi emas.
• Kecha saytimizda "Muxlislar nafratlanadigan futbolchilar" nomli maqola chop etildi. Unda ishqibozlar necha o‘sha futbolchilarni yomon ko‘rib qolishgani, o‘yinchilar qanday xatoga yo‘l qo‘yishgani yoki tomoshabinlarning nafratiga uchragani haqida yozilgan.
Ro‘yxatda Neymar, Ikardi, Beyl va boshqa bir qator futbolchilar bor. Ajoyib fikrlar ilgari surilgan.
• “Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Napoli”dan (2:0) uchralgan mag‘lubiyatga izoh berar ekan jamoasi imkoniyatlar yaratgani, mag‘lubiyat esa alamli bo‘lganini, bu birinchi o‘yin ekanligi aytdi.
Shuningdek, murabbiy shogirdlari hujum qilganini, ammo uni yakunlay olishmagani va ushbu holat ularning eng asosiy muammolariligini qo‘shimcha qildi.
• PFL matbuot xizmati 20 sentyabrdan start oladigan Superliga 20-tur bahslarining rasmiy shaxslarini e’lon qildi.
Chempionlik masalasi hal etilishi mumkin bo‘lgan o‘yin Ravshan Abdivohidov boshchiligidagi hakamlar guruhiga ishonib topshirildi. Yana bir e’tiborga molik bo‘lgan bellashuvni Zokir Qodirov boshqarib boradi.
Fikrlar