Kelgusi mavsumdan La Ligada videotakrorlardan foydalaniladi

  • 2 mart, 2018, 21:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi rahbariyati kelgusi mavsumdan e’tiboran videotakrorlar (VAR tizimi)dan foydalanilinishini e’lon qildi.

Tecno

Football Espana xabariga ko‘ra, buning uchun hakamlarni tayyorlash jarayoni allaqachon boshlangan. So‘nggi vaqtlarda La Liga o‘yinlarida hakamlar tomonidan chiqarilgan ayrim qarorlar katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.

Shunday bahsli vaziyatlarning biri kuni kecha La Liga 26-turidan o‘rin olgan “Las-Palmas” – “Barselona” o‘yinida ro‘y berdi. Gap shundaki, uchrashuv referisi mehmonlar darvozasi tomon shubhali penalti belgilagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!