
Kelishilgan o‘yinlarga aloqador 38 futbolchi bir umrga futboldan chetlatildi, ulardan beshtasi terma jamoa a’zosi
Xitoyda kelishilgan o‘yinlar tufayli jami 43 kishi bir umrga futboldan chetlatildi. Ulardan 38 nafari professional futbolchilardir.
Xitoy futbol assotsiatsiyasi (CFA) o‘tkazgan tekshiruv natijasida jazo olgan 38 nafar o‘yinchidan uchtasi Xitoy terma jamoasining sobiq o‘yinchilari Tszin Tszindao, Go Tyanyuy va Gu Chao bo‘lib chiqli.
O‘z davrida legioner sifatida Xitoyning “Shandun Tayshan” jamoasida to‘p tepgan janubiy koreyalik Son Xo Jun, “Xeyluntszyan Ays Siti”da o‘ynagan kamerunlik Evolo Donovan esa besh yilga futboldan haydaldi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Xitoy futbol assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv 2022 yili boshlangan va ikki yil davom etgan. Jami 120 ta uchrashuv, 41 ta futbol klubi va 128 nafar shaxs kelishilgan o‘yinlarga aloqadorligi bo‘yicha tekshirilgan.
Fikrlar