Kellini ertaga "Ayaks"ga qarshi o‘ynamaydi

  • 15 aprel, 2019, 21:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Jorjo Kellini EChL 1/4 finalidan o‘rin olgan "Ayaks"ga qarshi dastlabki bahsni ham jarohati sabab o‘tkazib yuborgan edi.

Tecno

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 34 yoshli futbolchi ertaga amsterdamliklarga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob bahsidan oldin o‘tkazilgan mashg‘ulotda qatnashmadi. Shu bois uning ertangi o‘yinda ishtirok etmasligi oydinlashdi.

Eslatib o‘tamiz, "Yuventus" - "Ayaks" uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi. Amsterdamdagi dastlabki o‘yinda kuchlar teng kelgan edi – 1:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!