Kellini "Yuventus" bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi

  • 2 avgust, 2021, 19:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda Italiya terma jamoasi safida Evropa chempionligini qo‘lga kiritgan tajribali himoyachi Jorjo Kellini "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.

Tecno

Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, 36 yoshli futbolchi turinliklar bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi.

Kellini kelgusi yil Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatida ham ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Qatardagi mundial tarixda ilk bor yozda emas, balki noyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tadi.

Jorjo Kellini o‘tgan mavsum “Yuventus” safida A Seriyada jami 17 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!