
Ketishga shoshilma bola!
Yaqinda”Sautgempton”da ijara asosida to‘p tepayotgan “Chelsi” hujumchisi Armando Broyaning oila a’zolari, klub mutasaddilariga murojaat qilib, yosh o‘yinchini hozirgi jamoasiga to‘liq qo‘yib yuborishni so‘ragan edi.
Bu murojaatga jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z munosabatini bildirdi.
- U bizning o‘yinchi va hamma ishi yaxshi ketyapti. Lekin hozir mavsumning yarmi ortda qoldi xolos, u buyog‘iga ham o‘sigda davom etishi va “Sautgempton”da nimalarga qodirligini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.
Biz o‘z o‘yinchimiz, deb tan olgan futbolchilarning har biri ma’lum ma’noda qobiliyat va mentalitet bor. Ular shuning uchun ham boshqa klublarda o‘zini ko‘rsata oladi. Armando yaxshi tomonga o‘zgaryapti, u ajoyib xislatlarga ega futbolchi. U tezkor, jismonan baquvvat va gol urishni biladi.
Yozda duch keladigan masalalarni hozirdan hal qilmaylik va sabr bilan o‘sishda davom etaylik, - dedi Tomas Tuxel.
Fikrlar