
Ketsam, “Liverpul”da o‘ynayman!
“Inter” va “Roma” uchrashuvida rimliklar darvozasini ishg‘ol qilgan Lautaro Martines Milandan ketsa, qaysi jamoa sharafini himoya qilmoqchiligi ma’lum bo‘ldi.
Argentina terma jamoasi hujumchisiga “Arsenal” asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilayotgan edi. Chunki “kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta Lautaro Martinesning ashaddiy muxlisi hisoblanadi va bu hujumchi o‘zining qo‘l ostida to‘p tepishini istayapti.
Biroq, argentinalik blduzning o‘zi Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, “Arsenal” emas, balki “Liverpul”da o‘ynashga tayyor ekanini bildirdi.
Bu mavsum 43 ta uchrashuvda 20 ta to‘p kiritib, uchta golli pas uzatgan Marinesning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi. Uni olmoqchi bo‘lgan klub 70 million evrodan ortiq badal puli to‘lashi kerak.
Fikrlar