Keyn: Biz “Chelsi”dan yaxshiroq o‘ynadik, ammo...
Avval xabar berganimizdek, kecha Londondagi “Uembli” stadionida Angliya kubogi dastlabki yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi. Shu kuni “Chelsi” Pochettino boshchiligidagi “Tottenxem”ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvdan so‘ng “shporlar” hujumchisi Xarri Keyn o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bugun biz raqibimizdan ko‘ra yaxshiroq o‘yin namoyish etdik deb o‘ylayman. “Tottenxem” ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, ammo g‘alaba qozona olmadi. Bunaqasi bo‘lib turadi, bu futbol.
Hisob 2:2 bo‘lib turgan paytda biz g‘alaba uchun harakatni boshlagan edik, biroq, uning evaziga biz jarimadan to‘p o‘tkazib yubordik”, - deydi Keyn.
"Chelsi" "Tottenxem" darvozasiga qanday qilib 4ta to‘p yo‘llab, finalga yo‘l oldi? (video)

Fikrlar