Keyn karantinga olindi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" klubi sardori Xarri Keyn jamoaning mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlarini o‘tkazib yuboradi. Gap shundaki, u oilasi bilan Bagama orollariga dam olishga borgan.

Shu sababli, angliyalik futbolchi 14 kunlik karantinga olingan. Endi Xarri jamoasi safiga qaytishi uchun biroz vaqt talab etiladi. Bosh murabbiy Joze Mourino hafta boshida klub qarorgohiga barcha futbolchilarni yig‘ib, 12 avgust kuni start oladigan APL bahslari uchun mashg‘ulotlarni boshlamoqchi edi.

Shuningdek, 28 yoshli hujumchi Angliya terma jamoasining mashg‘ulot yig‘inlariga ham chaqirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!