
Keyn o‘tgan mavsum 34 ta uchrashuvda qila olmagan ishini bu mavsum 18 ta o‘yinda uddaladi
"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn joriy mavsum fantastik statistika qayd etmoqda.
Joriy mavsum 18 ta o‘yinda maydonga tushgan Keyn “shporlar”ning naqd 27 ta golida bevosita ishtirok etdi. Aniqrog‘i, u bu o‘yinlarda o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 13 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Xarri Keyn o‘tgan chempionatda 34 ta o‘yinda maydonga tushib ham, bu qadar yaxshi natija qayd eta olmagan edi. U 2019/20 yilgi mavsumda 24 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar