Kiev gilamlari kurashchilarimiz uchun omadli keldi

CHERY AUTO

Ukraina poytaxti Kiev shahrida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir yakunlandi. Unda ishtirok etgan kurashchilarimiz 11 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Tecno

Musobaqada dunyoning yigirmadan ortiq davlatidan kurashchilar uch kun davomida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Ular qatorida har uchala yo‘nalishda terma jamoamiz a’zolari yurtimiz sharafini himoya qildilar. Turnirda Olimpiada hamda jahon chempionati g‘olib va sovrindorlarining ishtirok etgani medallar uchun bahslarning murosasiz kechishini ta’minladi.

Yakunda erkin kurashchilarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza, yunon-rum kurashchilarimiz esa 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. G‘ulomjon Abdullaev va Ilyas Bekbulatov o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.

ERKIN KURASh

Oltin medal

57 kg: G‘ulomjon Abdullaev

70 kg: Ilyas Bekbulatov

Kumush medal

57 kg: Nodirjon Safarov

Bronza medal

57 kg: Mahmudjon Shavkatov

79 kg: Bekzod Abdurahmonov

86 kg: Javrail Shapiev

YuNON-RUM KURAShI

Bronza medal

55 kg: Ilhom Bahromov

67 kg: Aram Vardanyan

82 kg: Jalgasbay Berdimuratov

87 kg: Rustam Assakalov

130 kg: Mo‘minjon Abdullaev

Ma’lumot uchun, terma jamoamiz delegatsiyasi ertaga soat 20:00da Kiev – Minsk – Toshkent avia reysi bilan yurtimizga qaytib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!