Klinsman "Sanderlendi"ni boshqarmaydi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya va AQSh terma jamoalari sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klinsman o‘zining “Sanderlend” klubida ish boshlashi haqidagi xabarlarni rad etdi.

“Tez orada “Sanderlend” bosh murabbiyi bo‘lishim bu yolg‘on”, - deydi 52 yoshli germaniyalik mutaxassis o‘zining “feysbuk”dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Klinsmann o‘tgan yilning noyabrida AQSh terma jamoasidan iste’foga chiqarilgan va shundan buyon ishsiz. O‘z navbatida “Sanderlend” ham Devid Moyesdan so‘ng jamoaga hozircha bosh murabbiy topganicha yo‘q.

Ma’lumot uchun, “Sanderlend” o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra APLni tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!