Klinsmann nega ko‘pchilik Kloppni yoqtirishini aytdi
Germaniyalik mashhur mutaxassis Yurgen Klinsmann "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp haqida gapirib o‘tdi.
“Klopp “Liverpul”ga juda mos keladi, chunki u kamtar. U jamoasi uchun borini beradi. Uning butun hayoti odamlar bilan yaqin munosabatlarga asoslanadi. Yurgen doim bir hildaligicha qoladi va shuning uchun ham ko‘pchilik uni yoqtiradi”, - deydi Klinsmann.
Eslatib o‘tamiz, Klopp boshchiligidagi “Liverpul” yakunlangan mavsum APLda 2-o‘rinni egalladi, Chempionlar ligasida esa bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar