Klopp: "Aqldan ozgan dunyo"

  • 26 iyul, 2022, 08:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurgen Klopp o‘rtoqlik uchrashuvlarida Darvin Nunesni tanqid qilishgani haqida gapirdi. 

"Liverpul" yangi kelganlarni moslashishiga yordam berish taraflama eng yaxshi jamoa hisoblanadi. Har qanday futbolchi uchun bu vaqt talab etadi. 

Biz "Benfika" kabi o‘ynamadik. Shuning uchun, ikkala tomon ham (Nunes va boshqa futbolchilar) moslashishlari kerak. U dastlabki uchrashuvida gol kirita olmadi va hamma bahs-munozarani boshlab yubordi. 

Bu aqldan ozgan dunyo! Shundan so‘ng u keyingi o‘yinda 4 ta gol urdi va ko‘pchilikning fikri o‘zgardi. 

Darvin juda yaxshi yigit. U shu erda ekanligidan xursand. Ispaniyalik futbolchilarimiz unga ko‘p yordam bermoqda va u allaqachon ingliz tilini o‘rganoqda. Bizning g‘oyalarimizni tushunish uchun ko‘p mehnat talab qilinadi. Menimcha, Nunes bilan hammasi to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda", - dedi germaniyalik mutaxassis. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!