Klopp jamoadan ketgan uch hujumchi o‘rniga bitta superfutbolchini oladi!

  • 30 iyun, 2022, 18:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoani tark etgan Sadio Mane, Takumi Minamino va Divok Origi o‘rnini “Bavariya” hujumkor futbolchisi Serj Gnabri bilan to‘ldirmoqchi.

Tecno

Germaniya terma jamoasi o‘yinchisi hozirgi klubi bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti. Myunxen klubi odatda, futbolchilar so‘rayotgan maoshni bermaydi va ancha kam pul taklif qiladi. Gnabrida ham xuddi shu holat kuzatilmoqda.

Gnabrining agentlari o‘z mijoziga yangi jamoa qidira boshladi. “Liverpul” bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.

Bu futbolchining o‘zini nemis futbolin yaxshi biladigan Kloppga juda yoqadi. Bundan tashqari germaniyalik murabbiy  hujum chizig‘iga yangi o‘yinchi olishni rejalashtirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!