
Klopp katta transferni ko‘zladi
The Sun nashrining xabar berishicha, “Liverpul” kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish maqsadida qimmatbaho futbolchini sotib oladi.
Manbaning ta’kidlashicha, jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Borussiya”da porlayotgan 18 yoshli Jud Bellingemni o‘z shogirjlari orasida ko‘rmoqchi.
Germaniyalik mutaxassis bu yarim himoyachining muxlisi hisoblanadi va Jud “Liverpul”ning maydon markazidagi o‘yinini kuchaytirishi mumkinligiga ishonmoqda.
O‘tgan mavsumda 43 ta uchrashuvda oltita gol va 14 assist qayd etgan Bellingemning dortmundliklar bilan shartnomasi yana uch mavsum davom etadi. Bu o‘yinchini qo‘lga kiritish uchun 90 million evro atrofida xarajat qilish talab qilinadi.
Fikrlar