Klopp: "Liverpul" - dunyoning eng kuchli klubi. Qolganlarning fikri ahamiyatsiz"

  • 30 may, 2022, 12:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp kecha klubning Liverpulda o‘tkazilgan paradida dunyoning eng yaxshi klubi haqidagi savol javob berdi. 

"Shubhasiz, biz dunyoning eng zo‘r jamoasimiz. Boshqa hech bir klub va uning muxlislari chempionlar ligasi finalida yutqazib turib ham ertasi kuni bunday ajoyib kayfiyatda yura olmaydi. 

Bu jahonning eng kuchli jamoasi. Boshqalarning fikri ahamiyatsiz. 

O‘tkazilgan parad ajoyib bo‘ldi. Bu hamma uchun katta motivatsiya. Men bu insonlar bilan fahrlanaman. 

Liverpulda g‘alaba emas, muhimi, qalban ishlashingiz kerak. Bu shaharda shuni qadrlashadi va bilishadiki, buning ortidan g‘alabalar ham ko‘p kuttirib qolmaydi", - dedi germaniyalik mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!