Klopp “Liverpul” uchun zo‘r hujumchi topdi

  • 14 sentabr, 2021, 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub rahbariyatidan “Nitstsa” hujumchisi Amin Guirini xarid qilishni so‘rayapti.

Tecno

Germaniyalik mutaxassisga 21 yoshli futbolchi ko‘rsatayotgan natijalar ma’qul kelmoqda. Frantsiyalik hujumchi “Nitstsa” tarkibida 38 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 16 marotaba ishg‘ol qildi, jamoadoshlariga  sakkizta golli pas oshirdi.

Amin Guiri nafaqat markaziy hujumchi, balki qanot yarim himoyachisi sifatida ham yaxshi o‘yin ko‘rsatadigan universal futbolchi hisoblanadi.

Yurgen Klopp uni jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan braziliyalik Roberto Firmino o‘rniga olib kelmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!