
Klopp Mbappe transferi haqida: "Klubda kimdir menga syurpriz tayyorlayotgan bo‘lsa, men bunga qarshi emasman, biroq..."
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasiga Kilian Mbappening kelish ehtimolligi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz bu kabi xabarlarni o‘qib, kulib o‘tiribmiz. Men uning ajoyib futbolchi ekanini ayta olaman. Ammo moliyaviy masalalar bo‘yicha Kilian bizga mos kelmaydi.
Agar klubda kimdir menga syurpriz tayyorlayotgan bo‘lsa, men bunga qarshi emasman. Biroq 8 yildan beri bunaqa yangilik yuz bergani yo‘q. Bu birinchisi bo‘lishi mumkin", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar