
Klopp: “Mening ketishim “Liverpul“ga salbiy ta’sir qilmaydi“
“Liverpul“ bosh murabbiyi Yurgen Klopp qachondir klubdan ketishidan keyingi holat haqida gapirdi. Aytishicha, “Liverpul“ usiz ham qudratli bo‘lib qolaveradi“
“Mening rejam hamon avvalgidek. Hech narsa o‘zgarmagan.
Agar 2024 yilda ketishga qaror qilsam, bu jamoaga ta’sir qilmaydi. Ular hozirgidek o‘ynashda davom etadi, deb o‘ylayman.
Bu klub kerak bo‘lsa, yanada qudratli bo‘la oladi. Bizning ayni payt qilayotgan ishlarimizning barchasi uzoq kelajak uchun mo‘ljallangan“, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar