Klopp Muhammad Salaxni APLga qaytarmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rimning "Roma" klubi yarim himoyachisi Muhammad Salax "Liverpul" klubining qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp misrlik futbolchi kelgusi mavsumda jamoasini kuchaytirishi mumkin deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Salax uchun Angli premer-ligasi begona emas. Boisi, u 2014-2015 yillarda Londonning "Chelsi" klubida to‘p surgan. Ammo, futbolchi u erda o‘zini ko‘rsata olmadi va "aristokratlar" dastlab uni "Fiorentina"ga ijaraga berib yuborishdi, so‘ngra esa u "Roma" a’zosiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Salax joriy mavsum Italiya A Seriyasining 28ta turida maydonga tushib, o‘z hisobiga 13ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!