
Klopp murabbiylik faoliyatini qachon yakunlashi haqidagi savolga javob berdi
“Liverpul” klubi ustozi Yurgen Klopp murabbiylik faoliyatini tez orada yakunlashi mumkin.
Aytish kerakki, 53 yoshli nemis mutaxassisining mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
“Men 70 yoshdan keyin ham murabbiylik qilishda davom etaman deb o‘ylamayman. Murabbiylikni boshlaganimda (33 yoshida) 25 yil ishlayman deb o‘ylaganman. “Maynts”da 7,5 yil, “Borussiya”da 7 yil ishladim. 2024 yilgacha “Liverpul”da qolsam, umumiy faoliyatim 23,5 yil bo‘ladi. Shundan keyin faoliyatimni yakunlash niyatim ham yo‘q emas”, - deydi Klopp.
Fikrlar