Klopp nemis to‘purarini "Liverpul"ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi

  • 15 aprel, 2020, 23:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Liverpul» klubi hamon «RB Leyptsig» forvardi Timo Vernerni sotib olishdan umidini uzmayapti.

Sport Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, nemis to‘purariga shaxsan mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp jiddiy qiziqib qolgan. Shu bois germaniyalik mutaxassis hamyurti bilan shaxsan uchrashib, agar unda “Enfild”ga kelish istagi bo‘lsa, uni jamoasiga taklif qilmoqchi.

Lekin, koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqiroz tufayli bunday qimmat transfer amalga oshmasligi ham mumkin. Qolaversa, Vernerga “Bavariya” ham xaridor hisoblanadi.

Timo Verner joriy mavsum Bundesligada 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 21 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!