Klopp nihoyat Evrokubokda zafar quchdi, barchasini esa dastlabki daqiqadagi penalti hal etdi

  • 2 iyun, 2019, 03:04
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Murabbiylar

Yurgen Klopp va Maurisio Pochettino top-murabbiylar, bunga shubha yo‘q. Ammo ularning har ikkisi Madridda nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatishi lozim edi. Germaniyalik mutaxassis bunga qadar uch bor evrokuboklar finaliga chiqib (2013, 2018 EChL, 2017 Evropa ligasi) ularning barchasida mag‘lub bo‘lgan edi. Argentinalik Pochettino esa 10 yillik murabbiylik faoliyati davomida birorta sovrinni qo‘lga kiritmagan.

"Balki men yarim finallardagi g‘alabalar soni bo‘yicha rekordchidirman. Biroq bu haqda kitob yozganimda hech kim uni sotib olmas edi", -  deb aytib o‘tgan edi Klopp final oldidan.

23 soniyadagi penalti

Futbol shunday sport turiki, unda barcha narsa 23 soniyada o‘zgarib ketishi mumkin. U xatto EChL finali bo‘lsa ham. Siz bu o‘yin haqida kunlab, haftalab hayol qilasiz. Biroq to‘p Musa Sissokoning qo‘liga tegadi va sizning "A" rejangiz chiqitga chiqadi. Bosh hakam Damir Skomina shu onning o‘zidayoq "nuqta"ni ko‘rsatdi, VAR'dagilar ham sloveniyalik hakamning qarorini to‘g‘ri deb topdi. 2-daqiqada esa Muhammad Saloh 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirgan holda hisobni ochmoqdi. Bir yil oldingisidan o‘zgacha manzara. O‘shanda jarohati bois ko‘zla yosh bilan maydonni tark etgan misrlik forvard bugun quvonchdan sapchidi.

D7_6qHbWsAAeohU

Goldan keyingi "Liverpul"

O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng "shporlar" bosim uyushtirishga majbur edilar. Ammo Pochettino shogirdlari raqibdan hayiqib o‘yin ko‘rsatishdi. Ular Saloh, Mane va Firminodan qo‘rqib harakat qilishdi. Aslini olganda, "qizillar"ning himoya va yarim himoya chizig‘i orasida uzilish yuzaga kelgan edi. Shunga qaramay, londonliklar dastlabki bo‘limda aytarli vaziyat yarata olishmadi.

Keynning soyasi

Ikkinchi  bo‘limda o‘yinning tom ma’noda ochilishi Pochettinoga bog‘liq edi. Argentinalik mutaxassis esa ikkinchi bo‘limda Kiran Triperga oldinga o‘tishga ruhsat berdi. Shundan so‘ng ularda gol kiritish uchun vaziyatlar soni keskin darajada ortdi. Klopp ham o‘z hamkasbiga bu borada munosib javob qila oldi. Jarohatidan to‘liq sog‘ayib ulgurmagan Roberto Firmino o‘rniga Divok Origini, Jorjino Veynaldumning o‘rniga esa universal bo‘lgan Jeyms Milnerni maydonga tashladi.

Ko‘pchilik ikki oy o‘yin amaliyotisiz qolgan Harri Keynning o‘rniga Lukas Moura maydonga tushishini tahmin qilgan edi, ammo Pochettino yarim final qahramonini 66-daqiqaga kelibgina maydonga tushirdi. Ammo braziliyalik forvard Keynning soyasi o‘rniga emas, Harri Uinksning o‘rniga maydonga tushdi.

Origi - pley-off uchun to‘purar

Uchrashuv so‘nggida "Liverpul"ning qarshi hujumlarga tayanmaganidan ko‘pchilik hayron qolgan bo‘lishi mumkin. Klopp jamoani 4-4-2 taktikasiga o‘tkazdi va holdan toygan Salohning yoniga Origini tashladi. "Tottenxem"ga esa bugun gol kiritadigan futbolchi etishmadi. Yakunda esa Kloppning yurishi o‘zini oqladi. "Barselona" darvozasini ikki bor ishg‘ol qilgan belgiyalik futbolchi Madridda ham ishonchni oqladi.

D8AQ4PjXkAAk7mD

"Tottenxem" va "Liverpul" ijrosidagi final o‘yini muxlislarga yorqin va tomoshabop qarama-qarshilik taqdim etmagan bo‘lishi mumkin. Ammo EChLni unga munosib bo‘lgan jamoa qo‘lga kiritdi. Butun mavsumdagi o‘yinlarni inobatga olganda, albatta. Klopp ham EChLni boshi uzra baland ko‘tarishga munosib edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!