Klopp “Real” o‘yinchisiga xaridor

  • 8 sentabr, 2021, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar davrida faollik ko‘rsatmagan “Liverpul” qishdan boshlab, jamoa hujumkorligini oshirishga qodir futbolchilarni xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bosh murabbiy Yurgen Klopp birinchi navbatda, “Real” yarim himoyachisi Marko Asensioni transfer qilmoqchi.

Tecno

“Liverpul” rahbariyati qishki transferlar vaqtida Asensio bo‘yicha rasmiy taklif yuborishga qaror qilgan.

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Asensioga u qadar jiddiy e’tibor qaratmayapti va kelajakdagi rejalarida futbolchiga joy ajratilmagan. Shu bois, klub rahbariyati ispaniyalik yarim himoyachini sotib yuborishga tayyor.

Transfermarkt portali 25 yoshli futbolchining transferini 35 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!