
Klopp uni "Liverpul"ga olib kelmoqchi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Mauntni o‘z jamoasiga tarkibiga qo‘shib olmoqchi.
Jurnalist Nil Jonsning yozishicha, Angliya terma jamoasi futbolchisining o‘yinlari nemis mutaxassisida iliq taassurot qoldirgan. Xususan, u Mountning samaradorligi, aql-zakovati, texnikasi va taktik moslashuvchanligini alohida e’tirof etadi.
Yarim himoyachining "Chelsi" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi va tomonlar uni uzaytirish borasida haligacha kelisha olmayapti.
Meyson Maunt joriy mavsum APLda 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar