
Klopp Vernerdan bir necha hafta kutib turishni so‘ragan, ammo...
Mavsumlar oralig‘ida “RB Leyptsig”dan “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan germaniyalik hujumchi Timo Verner APLning boshqa bir grandi safiga o‘tishi ham mumkin edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp vatandoshini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi bo‘lgan. Germaniyalik mutaxassis ushbu transferning moliyaviy tomonlari hal bo‘lgunicha Timodan bir necha hafta kutib turishni so‘ragan, ammo Verner shoshildi va “Chelsi” bilan shartnoma imzoladi.
Vernerni “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola ham o‘z jamoasida ko‘rishni xohlagan edi.
Fikrlar