Klopp xafa bo‘ldi

  • 15.08.2020 15:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Iste’dodli himoyachi Ben Uayt kelasi mavsumda ham “Brayton”da qoladigan bo‘ldi.

Bu futbolchiga Angliya premer-ligasining qudratli klublari og‘iz solayotgan edi. Hatto “Liverpul” va “Chelsi” rasmiy so‘rov yubordi. Biroq, “Brayton” rahbariyati 18,5 va 22 million funtlik taklifni rad etdi.

“Brayton” bosh murabbiyi Grem Potter bu futbolchini yangi mavsumda ham asosiy tarkibda o‘ynatmoqchi va unga bo‘layotgan takliflarni qabul qilmasligini bildirgan.

 

unnamed_48

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!