
Klopp yangi mavsum APL bosh sovrini uchun qaysi jamoalar favorit bo‘lishini aytdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jurnalistlarga kelasi mavsumda qaysi jamoalarni Angliya Premer ligasi favoriti sifatida ko‘rishini aytdi.
"Manchester Siti” haqida ortiqcha gapirish shart emas. "Chelsi"ni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Biz o‘tgan mavsum ularga qarshi ko‘p bora o‘ynadik, lekin ushbu bahslarning hech birida “aristokratlar”ni mag‘lub eta olmadik. Bu bilan biz kuchsiz jamoamiz deb aytishdan yiroqman, shunchaki “Chelsi” nihoyatda kuchli ekanligini ko‘rsatadi. “Tottenxem” ham yaxshi jamoa. Ular Konte boshchiligida mazmunli o‘yin namoyish etmoqda.
Shuningdek, "Arsenal"ni ham yangi mavsumdan sovrinlar uchun kurashga qo‘shilishiga ishonaman. Yangi bosh murabbiy Erik ten Xag boshchiligidagi "Manchester Yunayted" ham asosiy da’vogarlardan biri bo‘lishi mumkin”, — deydi Klopp.
Ma’lumot o‘rnida, jamoalar hozir mavsumoldi tayyorgarlik bosqichini o‘tamoqda. Premer liganing yangi mavsumi avgust oyida start oladi.
Fikrlar