Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati. "Al Hilol" yarim finalga chiqdi
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/4 final bosqichida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi "Esperans" jamoasiga qarshi bah olib borib, Bafetimbi Gomis tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Ayni damda, Xavi boshqaruvidagi "Al Sadd" klubi "Monterrey"ga qarshi bahs olib bormoqda va 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchramoqda.
Ma’lumot uchun, "Al Hilol" yarim finalda Braziliyaning "Flamengo" klubiga qarshi to‘qnashadi, ikkinchi uchrashuv g‘olibi esa "Liverpul" bilan finalga chiqish uchun bahslashadi.
"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) – "Esperans" (Tunis) 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 73 Gomis.
"Al Hilol" – Al-Mayuf, Al-Breyk (Al-Xafit, 87), Chjan Xen Su, Al-Bulayxi, Al-Shaxrani, Kuelyar (Gomis, 65), Kanno, Al-Dosari, Karlos Eduardo, Karrilo, Xribin (Otayf, 78).
"Esperans" – Ben-Shrifiya, Derbali, Bedran, Yakubi, Bengit (Fadaa, 76), El-Xuni (Bensaha, 87), Kulibali, Badri, Bonsu (Xenissi, 81), Chetti, Ouattara.
Ogohlantirishlar: Kuelyar (39), Derbali (60), Kanno (83).
Chetlatish: Kanno (85).

Fikrlar