Klublar o‘rtasidagi JChda Osiyodan 3 klub ishtirok etishi mumkin

AP nashri jurnalisti Rob Xarrisning Tvitterda yozishicha, ushbu format 2021 yildan amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, 2021 yilning 17 iyunidan 4  iyuliga qadar 24 klub ishtirokida klublar o‘rtasidagi JCh bo‘lib o‘tadi. U Konfederatsiyalar kubogining o‘rniga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Klublar o‘rtasidagi JChning ishtirokchilar taqsimoti quyidagicha ko‘rinish olgan.

1. Evropa — 8 jamoa
2. Janubiy Amerika — 6
3. Afrika — 3
4. Osiyo — 3
5. KONKAKAF — 3
6. Okeaniya — 1.

Ma’lumot uchun, hozirgi formatda  har bir qit’aning Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan jamoalar va mezbon mamlakat chempioni o‘zaro kurash olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!