
KOK (King of Kings) turniridagi o‘zbek jangchisining raqiblari ma’lum bo‘ldi (Video)
25 oktyabr kuni Qozog‘istonning Almati shahrida “Bushido Qozog‘iston” promouterlik ligasi tomonidan K-1 yo‘nalishida katta turnir o‘tkazilishi haqida ma’lum qilgan edik. Unda ikki nafar hamyurtimiz Bobur va Jamshid Tagievlar ishtirok etishidan ham xabardorsiz. 71 kg vazn toifasida super sakkizlik bahslarida o‘z janglarini o‘tkazadigan Bobur Tagievning raqiblari ham ma’lum bo‘ldi. Yana shuni qo‘shimcha qilish lozimki, super sakkizlik turniri yakkakurash olamida KOK (King of Kings) nomi bilan mashhurdir.
Quyida hamyurtimizning raqiblari bilan tanishishingiz mumkin.
Nurtaza Jumaxanov (Qozog‘iston)
«Tobet Top Team» jamoasi a’zosi
23 yosh,
Bo‘yi– 184 sm,
Natijalari: muaytay bo‘yicha Osiyo chempioni hamda ko‘p karra Qozog‘iston chempionati g‘olibi.
Askar Axmet (Qozog‘iston)
«Smet» jamoasi a’zosi.
22 yosh,
Bo‘yi– 176 sm
Natijalari: muaytay bo‘yicha Qozog‘iston kubogi g‘olibi, Evropa ochiq chempionati kumush medal sohibi.
Abror Hakimov (Qirg‘iziston)
«GERMES PROFFEE» jamoasi a’zosi.
22 yosh,
Bo‘yi– 183 sm
Natijalari: kikboksing bo‘yicha xalqaro sport ustasi, (Wako-2017) jahon kubogi g‘olibi, Osiyo chempioni (Wako-2018), 2019 yilgi jahon chempionatining bronza medali sohibi, K-1 WAK-1F bo‘yicha Markaziy Osiyo chempioni.
Aydos Aynabekov (Qozog‘iston)
«Smet-Kazygurt» jamoasi a’zosi.
30 yosh,
Bo‘yi– 180 sm
Natijalari: 2008 yil boks bo‘yicha Qozog‘iston chempioni, 2009 yil Qozog‘iston kubogi finalchisi, 2011 yil muaytay bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vaziri kubogi sovrindori, 2012 yil Qozog‘iston chempionatining sovrindori, 2012 yil K-1 bo‘yicha Qozog‘iston chempioni, 2012 yil ushu-sanda bo‘yicha Qozog‘iston chempionati sovrindori, 2013 yil kikboksing bo‘yicha Qozog‘iston chempionati sovrindori, 2013 yil muaytay bo‘yicha Qozog‘iston kubogi sovrindori, 2014 yil K-1 bo‘yicha Qozog‘iston kubogi finalchisi, 2015 yil muaytay bo‘yicha Qozog‘iston chempionati va kubogi finalchisi.
Janibek Kanatbaev (Qozog‘iston)
«Smet FC» jamoasi a’zosi.
21 yosh
Bo‘yi- 178 sm
Natijalari: muaytay bo‘yicha JAÝYNGER kamari sohibi, 2015 yil jahon kubogi kumush medal sohibi hamda 2016 yilgi jahon chempionatining bronza medali egasi, sohilbo‘yi o‘yinlarining kumush medal sovrindori, 2018 yilgi jahon chempionatining A-klass toifasida bronza medali egasi.
Ivan Dobrinin (Qozog‘iston)
«Arlan MMA Pro Team» jamoasi a’zosi.
Natijalari: muaytay bo‘yicha Qozog‘istonning ko‘p karra chempioni, Bolqon chempionatining bronza medali sohibi, kikboksing bo‘yicha Qozog‘iston chempioni, kung-fu bo‘yicha Qozog‘iston chempioni va jahonch chempionati sovrindori.
Hamyurtimiz Bobur Tagiev esa, 1994 yil Samarqand shahrida tavallud topgan. Bo‘yi-176 sm, faoliyati mobaynida muaytay bo‘yicha jahon chempioni, kikboksing bo‘yicha Osiyo chempioni, "EM LEGEND" yo‘nalishida jahon chempioni unvonlarini qo‘lga kiritgan. Professional yo‘nalishda ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi sanaladi.
Quyida ushbu turnirga oid videorolikni ham tomosha qilishingiz mumkin.
O‘zbekistonlik aka-ukalar Qozog‘istondagi super janglarda ishtirok etadi
Fikrlar